Bog'lanish

Telefon
(372) 223-53-58

Elektron manzil
jizzax@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni1008

Yangiliklar

20
Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar muammolar yechimi uchun xizmat qiladi

O'zbekiston Respublikadi adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Zafarobod tumanida bo'lib hudud aholisining murojaatlarini o'rgandi. Tuman hokimi, sektor rahbarlari, profilaktika inspektori ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida hudud aholisining muammolari tinglandi.

Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlikni boshlash istagida bo'ldan fuqarolarning biznes rejalarini amalga oshirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag'lari va texnika vositalari egalariga topshirildi.

Shu bilan birga hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi. Tomorqa va aholi honadonlarida imkoniyatlardan kelib chiqib daromadlarni oshirish bo'yicha "Sayhunobod tajribasi" asosida ishlarni tashkil etish kerakligi alohida tushuntirib o'tildi.

17
Adliya aralashgach...

Jizzax shahar adliya bo'limiga “RAVON YO‘L INVEST” MChJ rahbari fuqaro V.E “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi faoliyatidan norozi bo'lib murojaat qilgan.

Aniqlanishicha 2023-yil mart hamda may oylarida ular o'rtasida pudrat shartnomasi imzolangan bo‘lib, “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi tomonidan shartnoma shartlari to'liq bajarilmagan.

To’plangan hujjatlar to’liq o’rganilib, “RAVON YO‘L INVEST” MChJ manfaatida Jizzax shahar tumanlararo Iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi hamda MJCH manfaatida 1 403 000 000 so’m undirib berilishi ta'minlandi.

16
Sayyor qabullar xalq bilan muloqotning samarali yo'li

O'zbekiston Respublikadi adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev, boshqarma boshlig'i A.Ergashevning Arnasoy tumanidagi "Bobur" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Tuman hokimi, sektor rahbarlari, profilaktika inspektori, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida hudud aholisi bilan suhbatlashildi.

Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan birga hudud aholisi uchun sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

15
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi

Do'stlik tuman adliya boʻlimi hodimlari “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida uy taʼlimi asosida tahsil olayotgan oʻquvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida taʼlim muassasalari tomonidan dars soatlarining belgilanishi va oʻquv qurollari bilan taʼminlanganligi oʻrganilib, oʻquvchi yoshlarning muammolari va takliflari tinglandi.

Shu bilan birga, tumanning “Sanoatchilar” mahallasida yoshlar va ularning ota-onalari oʻrtasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabul davomida yoshlarning muammolariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Ish yurituviga olngan murojaatlar sohalar kesimida ko'rib chiqilib, ijrosi ta'minlanishiga e'tibor qaratildi.

14
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiya

Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi oʻtkaziladi.

Aksiya 2024-yil 13-maydan 13-iyungacha davom etadi.

✔️ Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:

????sayyor qabullar;

????mehnat yarmarkalari;

????yoshlar bilan uchrashuvlar;

????“Yoshlar sayli”;

????“Targʻibot poyezdi” loyihasi.

13
Adliya aralashgach...

Do‘stlik tuman adliya bo'limiga fuqaro Sh.D tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmayotganligidan norozi bo‘lib murojaat  qilgan.

Murojaat o'rganilganda, fuqaro rahbarlik qilayotgan MChJ hamda Do‘stlik tuman obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida 2023-yilda pudrat shartnomasi tuzilgan.
Pudratchi tomonidan shartnomada ko'rsatilgan ishlar bajarilgan bo'lsada,  buyurtmachi tomonidan  bajarilgan ishlar uchun haq to‘lanmagan.

Mazkur holat yuzasidan tuman adliya bo'limi tomonidan tadbirkorlik subyekti manfaatida Do‘stlik tumanlaro Iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan hamda sudning 2024-yil fevral oyidagi hal qiluv qaroriga asosan Do‘stlik tuman obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan mazkur tadbirkorlik subyekti foydasiga 1.490.190.069 so‘mlik bajarilgan ishlar qiymati undirilishi belgilandi.

Fuqaro murojaati ijobiy hal qilindi.

10
OCHIQ ESHIKLAR KUNI

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar adliya bo'limlari tashabbusi bilan hududlarda yoshlar ishtirokida muntazam ravishda huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazib borilmoqda.

???? Jumladan, Zarbdor tuman adliya bo'limi binosida "Ochiq eshiklar kuni" doirasida tadbir tashkil etilib, unda adliya bo'limiga biriktirilgan yoshlar ishtirok etdi.

????Unda yoshlar Adliya boʻlimi, DXM, FXDY, YUXKM va Notariuslar faoliyati bilan birga tizim xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

????Tadbir so'ngida tizimda faoliyat olib borish istagini bildirgan ayrim yoshlarga Adliya bo'limi xodimlari o'zlarining zarur tavsiya va maslahatlarini berdilar.

08
O'zimiz keldik...

Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Paxtakor tumani adliya bo'limi xodimlari hamda hususiy amaloyat bilan shug'ullanuvchi nitarius hamkorligida hududdagi dehqon bozorida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Suhbat davomida fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlari tushuntirildi. Muammolar o'rganilib echimi bo'yicha maslahatlar berildi.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan talabga ko'ra davlat xizmatlari ko'rsatish uchun sharoit yaratildi. Shu bilan birga notarial harakatlar ham amalga oshirildi.

07
Huquqiy targ'ibot!

Jizzax shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari A.Mamatov va M.Yokubjonova tomonidan Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 7-sonli umumta’lim maktabida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi "Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 204-sonli qarori mazmun mohiyatini tushuntirish bo'yicha huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Qaror mazmuni bo'yicha tarqatma materiallar tarqatildi

06
#Adliya_faxriylari_e'zozda

Adliya tizimida shunday an'ana bor, sohada ko‘p yillar samarali mehnat qilib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan doimo xabar olinadi, shu bilan birga ularning tajribalari soha xodimlariga va yoshlariga o'rnak sifatida tanishtirib boriladi.

Jizzax viloyat yuridik texnikumida tadhkil etilgan uchrashuv ayni shu maqsadlarni ko'zlagani bilan ahamiyatlidir. Tadbirga tizimda uzoq yillar mehnat qilgan va hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar taklif etildi. Ular bosib o'tgan yo'l, sohaviy va hayotiy bilim haqiqiy tajriba maktabidir.  O'quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berishar ekan o'sha davrdagi ishlash tizimi, kamchiliklar va qiyinchiliklar haqida to'xtalib o'tildi. Yoshlarning bugungi kundagi imkoniyatlardan samarali foydalanishi lozimligi xususida ta'kidlandi.

Bir piyola choy ustida faxriylar bilan dildan suhbat kurildi.